"Paxtakor" 3 nafar futbolchisini ijaraga berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 551

Yozgi transferning oxirgi kunlarida uch nafar futbolchisini ijaraga berdi.
U-21 birinchiligida o'zini ko'rsatgan va 12 gol muallifiga aylangan hujumchi Hojimat Erkinov hamda yarim himoyachi Jahongir Ahmadov shu yil oxirigacha "Qo'qon-1912" jamoasiga ijaraga berildi. Bundan avaalroq Sobit Sindarov ham ijara asosida qo'qonliklar safiga borib qo'shilgandi.
Yarim himoyachi Jasur Yaxshiboev esa yil yakunigacha AGMK klubiga ijaraga berildi. Biz ushbu futbolchilarga omad tilaymiz va jamoamiz safiga qaytib, o'zlarini ko'rsatishlariga umid bildiramiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231