«Tottenxem» Eriksenni 50 mln funt evaziga sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 695

"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen bu yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Daily Mail xabariga ko'ra, "shporlar" rahbariyati yarim himoyachini 50 mln funtga sotishga tayyor.
Avvalroq, "Tottenxem" Eriksenni 130 mln funtga baholagan edi, daniyalik futbolchi klub bilan shartnomasining so'nggi yilini o'tkazmoqda.
Shartnomani uzaytirish bo'yicha olib borilgan muzokaralar hozircha o'z natijasini bermadi, shuning uchun "shporlar" Eriksenni bepul yo'qotmaslik uchun uning transfer qiymatini tushirishdi.
Eriksen APLning bir qator klublari, shuningdek, "Yuventus" va "Real" klublari qiziqishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243