«Leyptsig» «Arsenal»ga 60 mln evroga futbolchisini sotishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 306
"Arsenal" "Leyptsig" himoyachisi Dayot Upamekanoga qiziqish bildirgan edi.
Bild xabariga ko'ra, londonliklar "Leyptsig" futbolchisi Upamekano uchun 60 mln evro taklif qilishgan, ammo nemis klubi rad javobini bergan.
"Arsenal" yana bir markaziy himoyachi sotib olishni rejalashtirmoqda, chunki Loran Koselni va Shkodran Mustafi London klubidan ketishi kutilmoqda.
Ma'lumot o'rnida, 20 yoshli Upamekano 2017-yil yanvar oyida "Zaltsburg"dan "Leyptsig"ga ko'chib o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!