Badel "Fiorentina"ga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 530
Xorvatiyalik futbolchi faoliyatini sobiq jamoasida davom ettiradi.
"Fiorentina" rasmiy veb-saytiga ko'ra, yarim himoyachi Milan Badel yana "binafsharanglar" safini himoya qiladi.
30 yoshli xorvatiyalik futbolchi o'tgan mavsumni "Latsio" safida to'p surgan edi.
"Fiorentina" yarim himoyachining transferi uchun 4,3 mln evro to'ladi va futbolchi yiliga 700 ming evro maosh oladi.
Eslatib o'tamiz, Badel bundan oldin 2014-yildan 2018-yilgacha "binafsharanglar" safini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!