JCh-2022 saralash. Falastin – O'zbekiston o'yini bo'lib o'tadigan stadion aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 582

Sentyabr oyida Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start oladi.
Saralash bahslarining “D” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk o'yinini safarda Falastinga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuv Ar-Rom shahridagi Falastin terma jamoasining uy o'yinlarini o'tkazadigan “Faysal al-Hussayniy” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Totshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi mazkur uchrashuvga tayyorgarlik doirasida 28 avgust sanasidan boshlab poytaxtimizda yig'inga kirishadi.
Jahon chempionati-2022
Ikkinchi saralash bosqichi / 1-tur
2019 yil / 5 sentyabr / 19:00
“Faysal al-Hussayniy” stadioni (Ar-Rom, Falastin)
FALASTIN – O'ZBEKISTON
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206