«Barselona» vitse-prezidenti: «Hozircha Neymarni ortga qaytarishning iloji yo'q»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 426

«Barselona» vitse-prezidenti Jordi Kardoner «PSJ» hujumchisi Neymarning "ko'k-anorranglilar" safiga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
«Neymar "PSJ"dagi faoliyatidan qoniqmayapti va boshqa jamoaga o'tishni istamoqda. Ammo yuzaga kelgan vaziyatni parijliklar hal qilishi lozim. Biz u bilan aloqaga chiqmadik. Boisi, «PSJ»ni hurmat qilamiz. Agar qachondir bizga imkoniyat taqdim etilsa, biz Neymar bilan gaplashamiz. Ammo hozircha uni "Barsa"ga qaytarishning iloji yo'q», – dedi Kardoner.
Shu kunlarda kataloniyaliklar 27 yoshli futbolchini bir yilga ijaraga olish haqida kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Barcha fikrlar: 1


otadi
5 Avgust 2019, 17:35
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203