«Lokomotiv» mavsumni sovrinsiz yakunlaydimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 448
O'zbekiston kubogida kutilmagan natija qayd etildi. Toshkentning "Lokomotiv" klubi nimchorak final bosqichida "Surxon"ga yutqazib qo'yib, musobaqani tark etdi.
Samvel Babayan ushbu o'yinga jangovar tarkibni tanladi. "Temiryo'lchilar" 7-daqiqadayoq Sardor Mirzaevning goli evaziga hisobni ochishdi.
Vohaliklar birinchi bo'limning o'zida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi. Azamat Isroilov gol muallifiga aylandi.
Tengma-teng kechayotgan o'yinning so'nggi daqiqalarida esa "Surxon" g'alabani o'z tomoniga og'dirishga muvaffaq bo'ldi. O'yin tugashiga 8 daqiqa qolganida Abdul Aziz Yusupov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.
O'yinga qo'shib berilgan daqiqlarda esa "Loko" darvozasi tomon penalti belgilanib, Islom To'xtaxo'jaev maydondan chetlatildi. Darko Stanoevich esa 11 metrli jarima zarbasidan foydalanib, "Surxon"ning g'alabasini ta'minladi.
Shu tariqa, "Surxon" O'zbekiston kubogi chorak finaliga yo'l oldi. "Lokomotiv" esa avvalroq Liga kubogidan chiqib ketgan edi. Jamoa Superligada "Paxtakor" 11 ochko ortda qolmoqda. Shu bois, Samvel Babayan jamoasi ushbu mavsumni sovrinsiz yakunlashi mumkin.
O'zbekiston kubogi, nimchorak final
"SURXON" - "LOKOMOTIV" 3:1
Gollar: Azamat Isroilov (39), Abdul Aziz Yusupov (82), Darko Stanoevich (90+2 pen) — Sardor Mirzaev (7)
Chetlatish: Islom To'xtaxo'jaev (90+1)
«Surxon»: 22. Sardor Qobuljonov, 2.Abduqahhor Hojiakbarov, 5.Azamat Isroilov (Asror G'ofurov 54), 6.Rahmatullo Berdimurodov, 13.Abdulaziz Yusupov, 14.Abrorbek Ismoilov, 17.Eldor Boymatov, 19.Vladimir Bubanya, 20.Husniddin G'ofurov, 21.A'zamjon Aliev, 44.Darko Stanoevich
«Lokomotiv»: 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 6.Oston O'runov, 8.Jamshid Iskanderov, 10.Sardor Mirzaev (Diyorjon Turopov 83), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (Smit Medina 62), 20.Islom To'xtaxo'jaev (S), 23.Yovan Jokich, 24.Davronbek Hoshimov, 71.Arslanmurat Amanov, 88.Igor Yelich