Darvozabon o'rnini egallagan futbolchilar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 596
Futbolda qiziqarli holatlar juda ko'p sodir bo'lishi hech kimga sir emas. Ba'zan darvozabonlarning o'rnini boshqa o'yinchilar egallashga majbur bo'lishadi. Bugun ana shunday voqealarning eng mashhurlarini e'tiboringizga taqdim etamiz.
Jon Terri
2006 – yilda APL doirasidagi «Reading» va «Chelsi» bahsi ikkita voqea bilan muxlislar yodida abadiy qolsa, ajab emas. Birinchidan, o'sha uchrashuvda Piter Chex boshidan jarohat oladi va o'z karierasining so'nggiga qadar shlemda to'p surgan bo'lsa, ikkinchidan, aynan o'sha uchrashuvda Chexning o'rniga maydonga tushgan Kudichinich ham jarohat oladi va Jon Terri o'yin oxirigacha darvozani qo'riqlaydi. Eng qizig'I shundaki, Jon o'yin davomida bir necha bor seyvlarni amalga oshiradi va jamoasi uchun juda muhim bo'lgan g'alabaga ulkan hissa qo'shadi. O'yin 0 : 1 hisobida «Chelsi»ning g'alabasi bilan yakunlanadi.
Mladen Petrich
2006 – yilda Uefa kubogi doirasida kechgan «Bazel» va «Nansi» uchrashuvida xorvatiyalik Mladen Petrich chinakam qahramonlik ko'rsatadi. O'yinning asosiy vaqti tugashiga oz fursat qolgan bir paytda hisob 2 : 2 bo'lib turganida Frantsiya klubi qarshi hujumga o'tadi va darvozabon jarima maydonchasi ichida fol ishlatadi. Hakam «Bazel» darvozasiga penaltiy belgilaydi va darvozabonga qizil kartochka ko'rsatadi. Ana shunday og'ir pallada mas'uliyatni o'z bo'yniga olgan Petrich darvozabon sifatida o'yinni davom ettiradi. Eng qizig'I shundaki, Petrich penaltini qaytaradi va o'sha bahsda jamoasi uchun juda muhim bo'lan natijaga o'z hissasini qo'shadi.
Daniel Panko
Er yuzidagi eng qaynoq derbilardan biri sanaladigan Istanbul derbisida bo'lib o'tgan voqea hali – hamon turk muxlisalrning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa, ajab emas. Gap shundaki, o'yin tugashiga 25 daqiqa qolganida «Beshiktosh» o'z uyida 3 : 2 hisobida oldinda borayotgan edi. Ayni o'sha daqiqada hakam «Beshiktosh» darvozabonini maydondan chetlatadi va penaltiy nuqtasini ko'rsatadi.
Eng qiyin pallada mas'uliyatni o'z bo'yniga olgan hujumchi Daniel Panko penaltini qaytara olmagan bo'lsda, o'yin yakuniga qadar naqt 5 bor seyv amalga oshiradi va bir necha bor muqarrar goldan «Beshiktosh»ni qutqarib qoladi. Eng qizig'I shundaki, maydon egalari bir kishi kam bo'lib to'p surayotganlariga qaramasdan, raqib darvozasiga gol kiritib g'alabani ilib ketishadi. O'sha uchrashuv Istanbul derbilari orasidage eng murosasizi sifatida tan olingan. Ruminiyalik futbolchi esa, muxlislar orasida pantera laqabi bilan yanada mashhur bo'lib ketadi…
Andrey Tixonov
1996/97 yilgi mavsumdagi UEFA kubogi doriasidagi uchrashuvda «Spartak» o'z uyida Daniyaning kamtarin «Silkibor» jamoasini qabul qiladi. Qahramonimiz jamoasi uchun 2 ta gol kiritibgina qolmay, o'yin so'ngida qizil kartochka olgan Ruslan Nigmatulinning o'rniga darvozani qo'riqlashiga to'g'ri keladi. Eng qizig'I shundaki, futbolchi bir kishi ko'p bo'lib harakat qilgan Daniya klubi futbolchilarning shturmi davomida bir necha bor fantastik seyvlarni amalga oshiradi va o'sha uchrashuv sababli «Spartak» jamoasida yil o'yinchisi nomiga loyiq topiladi.
Fil Jagelka
2006 – yilda «Sheffild Yunayted» jamoasi o'z uyida «Arsenal»ni qabul qiladi va kutilmaganda hisobni ochadi. Uchrashuvning 59 – daqiqasiga kelib jamoa darvozaboni jarohat oladi maydonni tark etadi. Eng qizig'i shundaki, kamtarona jamoa ikkinchi darvozabonini ro'yxatdan o'tkazishni unutgan edi. Oqibatda, bor mas'uliyatni Fil Jagelka o'z zimmasiga oladi va 30 daqiqa mobaynida o'sha davrlardagi eng qudratli klublardan biri bo'lgan «Arsenal»ga qarshi jamoa matonat bilan turib beradi. Qahramonimiz esa, 30 daqiqa davomida 9 bor seyv qilib jamoasi uchun sensatsion natijani qayt etadi.