RPL. Shomurodovning goli «Rostov»ga durangni taqdim etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 577

Rossiya Premer-Ligasida 4-tur o'yinlari start oldi. «Rostov» mehmonda «Ural» bilan to'qnash kelib, durangga imzo chekdi.
Birinchi bo'limda mezbonlar hisobni ochishdi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida esa rostovliklar tomonidan uyushtirilgan chiroyli kombinatsiyani Eldor Shomurodov aniq zarba bilan golga aylantirdi.
O'yin tugashiga 9 daqiqa qolganida "Ural" ikkinchi golni urib, yana hisobda oldinga chiqib oldi. Oradan 4 daqiqa o'tib "Rostov" hujumchisi Sigurdarson muvozanatni tiklovchi gol muallifiga aylandi. Shomurodov bu o'yinda to'liq harakat qildi.
Bugungi natijadan so'ng «Rostov» 8 ochko bilan 2-o'rinda, «Ural» esa 7 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.
RPL, 4-tur
Ural – Rostov 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 14 Panyukov, 1:1 – 67 Shomurodov, 2:1 – 81 Ilin, 2:2 – 85 Sigurdarson.
Ural – Godzyur, Kulakov, Aroyan, Merkulov, Emelyanov, Augustinyak, Bikfalvi, El-Kabir (Bavin, 33), Fidler, Dimitrov (Egorichev, 82), Panyukov (Ilin, 72).
Rostov – Pesyakov, Kozlov, Sigurdsson, Chernov, Chistyakov, Ionov (Sigurdarson, 61), Popov, Eremenko, Normann, Bayramyan (Saplinov, 72), Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Aroyan (20), Normann (44), Emelyanov (52), Shomurodov (60), Bavin (88).

Bosh sahifaga
143