AZ etakchisi «Spartak» safiga ko'chib o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 634

Bugun, 3-avgust kuni AZning hujumkor yarim himoyachisi Guus Til Moskvaga uchib ketadi, futbolchi u erda tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tganidan so'ng, "Spartak" bilan shartnoma imzolaydi.
Bu haqda gollandiyaning De Telegraaf nashri ma'lum qildi, shuningdek "Spartak" futbolchi uchun 18 mln evro atrofida pul to'laydi.
Futbolchining o'zi hozirgi jamoasiga ultimatum qo'yib, "Spartak" jamoasiga o'tish istagini bildirdi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda Til AZning eng yaxshi to'purari bo'ldi va mavsum davomida 15 ta gol urdi, shulardan 12 tasi Eredivizida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253