Ben Arfa faoliyatini "A" Seriyada davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 643

"Renn" va PSJning sobiq yarimhimoyachisi Xatem Ben Arfa faoliyatini Italiya "A" Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Footomercato xabariga ko'ra, "Sampdoriya" bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko 32 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Italiya klubi allaqachon Xatemga shartnoma taklif qilgan.
Ma'lumot uchun, ayni damda Ben Arfa erkin agent hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda futbolchi "Renn" safida 39 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 3 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
299