KONMEBOL Messini diskvalifikatsiya qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 506
Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga nisbatan jazo chorasini e'lon qildi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" sardori yaqinda bo'lib o'tgan Amerika kubogi paytida musobaqa tashkilotchilari va KONMEBOLni korruptsiyada ayblab, ularni tanqid qilgan edi. Keyinchalik futbolchi Argentina futbol federatsiyasi orqali tashkilotdan uzr so'radi.
KONMEBOL Messini 3 oyga diskvalifikatsiya qildi va 50 ming dollar miqdorida jarimaga tortdi. Bundan tashqari, Amerika kubogining 3-o'rin uchun bahsida maydondan chetlatilgani uchun futbolchi bitta o'yinga chetlatilib, unga nisbatan 1500 dollar miqdorida jarima qo'llanilgan edi. Yangi qaror esa 3 avgustdan kuchga kiradi.
Shu tariqa, Lionel terma jamoaning Chili, Meksika va Germaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok eta olmaydi.