"Verona" Balotelli bilan muzokara olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 437
"Marsel" sobiq hujumchisi Mario Balotelli Italiyaga qaytishga yaqin turibdi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, "Verona" Balotelli bilan bir yillik shartnoma imzolash borasida muzokaralar olib bormoqda.
"Verona" uchun asosiy muammo 28 yoshli hujumchining maoshi bo'lib turibdi. Futbolchi har mavsumda 3,5 mln evro olishni xohlamoqda va klub bunday pulni to'lashga tayyor emas.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumning ikkinchi qismini Balotteli "Marsel"da o'tkazdi va 15 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!