Rasman! Malkom — «Zenit» futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 354
"Barselona" yarim himoyachisi Malkom Rossiyaning "Zenit" klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda sankt-peterburgliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Braziliyalik futbolchi "Zenit" bilan 5 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Ma'lumotlarga qaraganda, rossiyaliklar 22 yoshli futbolchining transferi uchun "ko'k-anorranglilar"ga 40 million evro to'lashdi. Shuningdek, kelishuvga ko'ra turli bonus sifatida yana 5 million evro ko'zda tutilgan.
Malkom 2018 yilda 41 million evro evaziga "Bordo"dan "Barselona" safiga o'tgan edi. Yakunlangan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 24ta o'yinda maydonga tushib, ularda 4ta gol urdi va ikkita golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!