Evropa superkubogi o'yinini ayol hakam boshqaradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 441
UEFA «Chelsi» va «Liverpul» o'rtasida o'tadigan Evropa superkubogi bahsini boshqaradigan hakamlar nomini e'lon qildi.
E'tiborli tomoni, tarixda ilk marta erkaklar o'rtasidagi evrokubok bahsini ayol hakam boshqaradigan bo'ldi. Bosh hakam — frantsiyalik Stefani Frappar. Unga qanotlarda Manuela Nikolozi va Mishel O’Nil yordam berishadi. Zaxira hakami vazifasini esa turkiyalik Junayt Chaqir bajaradi.
Frappar iyul oyida bo'lib o'tgan ayollar o'rtasidagi jahon chempionati finali (AQSh-Gollandiya)ni boshqargandi.
Ushbu hakam Frantsiya Liga-1 musobaqasining yakunlangan mavsumda debyut qilgan edi. Kelasi mavsumdan esa u doimiy asosda ishlaydi.
«Liverpul» – «Chelsi» o'yini 14 avgust kuni Istanbul shahrida bo'lib o'tadi.