Konoplyanka faoliyatini Superligada davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 381
"Shalke" yarim himoyachisi Evgeniy Konoplyanka "Beshiktosh"ga o'tishga yaqin.
Istanbulliklar Ukraina terma jamoasining 29 yoshli futbolchisini 3 million evro evaziga sotib olishga kelishib olishdi.
Avvalroq, Konoplyanka "Beshiktosh" bilan yiliga 2,5 million evro maosh olish bo'yicha kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi.
Ma'lumot uchun, futbolchining "Shalke" bilan shartnomasi 2020 yil iyungacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!