«Oltin to'p» kimga nasib etadi? Mbappe javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 943
Futbolchilar o'rtasidagi eng nufuzli sovrin sanaladigan «Oltin to'p»ni bu mavsumda kim qo'lga kiritishi ko'pchilikda qiziqish uyg'otayotgani hech kimga sir emas. Rossiyaning «Futbol – futbol» nashri aynan shu savolga javob izlash maqsadida «Oltin to'p»ga kim loyiq ekanligi borasida futbolchi va murabbiylar tomonidan berilgan intervyularni bir joyga jamladi va o'quvchilari uchun e'lon qildi. Biz esa, qiziqarli intervyularni sizlar uchun tarjima qildik
Joze Mourino
Ayni daqiqada men Van Deyk, Salah, Mane, Ronaldu va Messini alohida qayd etgan bo'lar edim. «Liverpul» futbolchilari ajoyib mavsumni o'tkazishdi va haqli ravishda EChLda g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Messi va Ronaldu har doimgidek ajoyib mavsumni o'tkazdi. «Liverpul» xalqaro musobaqada g'olib chiqqan bo'lsada, APLda chempion bo'la olmadi. Shu sababli portugaliyalik va argentinalik futbolchilardan birini tanlashga to'g'ri keladi. Agarda terma jamoa miqiyisda olib qaralsa, Ronaldu bu mavsum Messidan ko'ra ko'proq «Oltin to'p» uchun loyiq desam, adashmagan bo'laman.
Virjil van Deyk
Menimcha, Messi dunyodagi eng kuchli futbolchi va u «Oltin to'p»ni yutishga ko'proq haqli. To'g'risi, bu boradagi gap – so'zlar meni sira havotirga solmaydi, lekin bu sovrinni men yutsam ham yo'q demayman! Shunday bo'lsada, Messi bu mavsumda mendan ko'ra ko'proq mehnat qildi. Shaxsan men uchun Messi EChLni bu mavsumda yutmagan bo'lsada, dunyoning birinchi raqamli futbolchisi bo'lib qolaveradi.
Leonardo Bonuchchi
O'ylashimcha bu mavsumda Ronaldu «Oltin to'p»ga loyiq o'yin ko'rsatdi. U uchrashuvlarni bir o'zi hal qila oladigan kamsonli futbolchilar sirasiga kiradi. To'g'risi, shu kunga qadar birorta futbolchini Ronaldu singari mashg'ulot o'tkazganini ko'rmadim. Uning bajarayotgan yuklamalari oldida hayratda qolishingiz aniq. Agar sovrinni Ronaldu yutsa, sira ajablanmagan bo'lar edim.
Luish Figu
Menimcha bu sovrinni allaqachon himoyachilarga ham berish zarur edi. Kannavarodan so'ng bir nechta ajoyib himoyachilar paydo bo'lgan bo'lsada, ular sovringa yaqin ham kela olishmadi. O'ylashimcha, bu mavsumda Virjil van Deyk «Oltin to'p» uchun hammadan ko'ra haqliroq.
Joa Felish
Ronaldu bu mavsumda o'zini 6 -«Oltin to'p»ini qo'lga kiritishi lozim! Unda hozirga qadar bunday sovrinlardan 5 ta mavjud. To'g'risi, bu istalgan futbolchi uchun chinakam orzu! Shaxsan men ham Ronaldu singari ushbu sovrinni qo'lga kiritishni juda istayman. Kelajakdagi eng katta orzularimdan biri aynan shu sovrinni qo'lga kiritish!
Mbappe
Men ishonch bilan ayta olamanki, «Oltin to'p» Leo Messiga nasib etadi. Uning EChLdan erta chiqib ketgani hech narsani o'zgartira olmaydi. Nima bo'lgan taqdirda ham Messi birinchi raqamli futbolchi va u bu mavsumda buni yana bir bor isbotlab qo'ydi. Yana shuni qo'shib qo'yish lozimki, Messi bunday yuqori tempda yana uzoq muddat to'p surishi mumkin.