Rushana Abdurasulova sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatining bronza medaliga ega chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1145
Bolgariyaning Sofiya shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Ortda qolgan navbatdagi kun bellashuvlari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Qizlar o'rtasida -65 kilogramm vazn toifasida kurashgan hamyurtimiz Rushana Abdurasulova jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi. Dastlab Xorvatiya, Xitoy Taipeyi vakillarini mag'lub etgan vakilamiz chorak finalda xitoylik Binbin Tsiangga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Tsiangning finalgacha etib borgani Abdurasulovaga bronza medali uchun kurashish imkoniyatini taqdim etdi. Rushana bu yo'lda dastlab Qozog'iston vakilasidan, bronza medali uchun kurashda esa italiyalik Veronika Brashidan ustun keldi.
O'tkazilgan bahslar yakuni bo'yicha Mushtariy hamda Sitora Tolipbekovalar va Layloxon Sobirovada ham bronza medali uchun kurashish imkoniyati saqlab qolingan. Shuningdek, bugun yunon-rim kurashi ustalari bahslarga kirishadi. Unda quyidagi yosh polvonlarimiz bugun gilamga chiqishadi:
-48 kg: Quvonchbkek Toshnazarov – Tornike Shainidze (Gruziya)
-55 kg: Abror Atabaev – Adrian Anton (Ruminiya)