Shahobiddin Zoirovdan nokaut va boshqa bokschilarimizning natijalari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 570
Dog'istonning Respublikasining Kaspiysk shahrida boks bo'yicha xalqaro xotira turnirida navbatdagi kun bellashuvlari ortda qoldi. Erkaklar o'rtasida barcha vazn toifalarida chorak final janglari o'tkazildi. E'tiborlisi, ushbu bosqich doirasida ringga ko'tarilgan 10 nafar bokschimizdan ettitasi yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Vakillarimiz orasida Shahobiddin Zoirov ozarbayjonlik raqibini birinchi raundning o'zidayoq nokautga uchratgani, shubhasiz, kunning chiroyli g'alabalaridan biri bo'ldi.
-52 kg: Abror Qodirov – Ixlas Glischanov (Turkmaniston) 5:0
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Mirmehti Mehdizoda (Ozarbayjon) 1-raundda nokaut
-56 kg: Abdulxay Shorahmatov – Bilol Mxari (Tunis) 5:0
-60 kg: Otabek Xolmatov – Magomed Tinovasov (Rossiya) 5:0
-64 kg: Jahongir Rasulov – Guseyn Magomedov (Rossiya) 0:5
-69 kg: Temur Saidov – Iger Oganisyan (Ukraina) 0:5
-69 kg: Bilol Mirzarahimov – Tamirlan Xangishiev (Rossiya) 5:0
-75 kg: Akmurad Gaffarov – Daniil Teterev (Rossiya) 5:0
-75 kg: Saidjamshid Jafarov – Ramazon Dadachev (Rossiya) 5:0
-91 kg: Shahzod Sulaymonov – Magomed-Sultan Musaev (Rossiya) 1:4
Ta'kidlash joiz, +91 kilogramm vazn toifasida terma jamoamiz vakili Lazizbek Mullajonov qur'a natijasiga ko'ra, bellashuvni yarim finaldan boshlaydi. Shu tariqa Mullajonov bilan hisoblaganda 8 nafar bokschimiz musobaqaning yarim finaliga yo'l olgan.