Malkom Sankt-Peterburgda! (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 689

“Barselona” vingeri Malkom “Zenit”ga o'tishga yaqin turibdi.
22 yoshli futbolchi ayni damda Sankt-Peterburgda. Futbolchi yaqin vaqt ichida yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi.
Ta'kidlab o'tish joizki futbolchi shahar aylanib yurgan suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagan.

Eslatib o'tamiz, “Zenit” Malkom uchun 40 million evro va bonuslar tariqasida 5 million to'lashga tayyor. Futbolchinnig o'zi bilan 5 yillik shartnoma imzolanadi. Futbolchi yangi jamoasida yiliga 6,5 million evro maosh oladi. Malkom o'tgan mavsum 24ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan hamda 2ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236