Aleksis Sanches yo'l harakati qoidasini buzgani uchun jarimaga tortildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 526

"Manchester Yunayted" hujumchisi Aleksis Sanches Buyuk Britaniyada avtomobilini noto'g'ri joyga qo'ygani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda The Sun xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, chililik futbolchi o'zining "Bentley" rusumli mashinasini qoidaga xilof ravishda vokzalda qoldirgan. Buning uchun futbolchi 67 evro miqdorida jarima to'laydi. Eslatib o'tamiz, futbolchining "MYu"dagi bir yillik maoshi 29 million evroga teng.


30 yoshli futbolchi 2018 yilning yanvar oyidan beri "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 27ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Bosh sahifaga
226