"MYu" bomba transferni amalga oshirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1090

"Manchester Yunayted" hamon "Lester" himoyachisi Garri Maguayrni sotib olish niyatida.
"Qizil iblislar" 26 yoshli Angliyalik futbolchi uchun 80 million funt to'lashga tayyor.
Agar Maguayr "MYu"ga o'tadigan bo'lsa jahon futboli tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylanadi.
Hozirda rekord egasi Virdjil van Deyk hisoblanib, o'tgan yili "Liverpul"ga "Sautgempton"dan 75 million funt sterling evaziga ko'chib o'tgan.
Avvalroq, "Lester" Maguayrni 70 millionga sotishdan bosh tortgan.
Xabar berilishicha, "tulkilar" futbolchi uchun 90 million funt talab qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
346