Bugun Dog'isitondagi turnirda yarim finalchilar aniqlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 399
Dog'iston Respublikasining Kaspiysk shahrida boks bo'yicha xalqaro xotira turniri davom etadi. Bugun ushbu musobaqada medal qo'lga kiritadigan bokschilar nomi ma'lum bo'ladi. Aniqroq qilib aytganda, ushbu kun dasturida chorak final bahslari o'tkaziladi. Ma'lumki, yarim finalga yo'llanma olgan bokschilar kamida bronza medalini o'zlariga naqd qilib olishadi. Shu bois ham bugun o'tkaziladigan bellashuvlar ahamiyatli ancha yuqori. E'tiboringizga bugun bahs olib boradigan vakillarimiz va ularning raqiblari haqidagi ma'lumotni havola qilamiz:
-52 kg: Abror Qodirov – Ixlas Glischanov (Turkmaniston)
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Mirmehti Mehdizoda (Ozarbayjon)
-56 kg: Abdulxay Shorahmatov – Bilol Mxari (Tunis)
-60 kg: Otabek Xolmatov – Magomed Tinovasov (Rossiya)
-64 kg: Jahongir Rasulov – Guseyn Magomedov (Rossiya)
-69 kg: Temur Saidov – Iger Oganisyan (Ukraina)
-69 kg: Bilol Mirzarahimov – Tamirlan Xangishiev (Rossiya)
-75 kg: Akmurad Gaffarov – Daniil Teterev (Rossiya)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov – Ramazon Dadachev (Rossiya)
-91 kg: Shahzod Sulaymonov – Magomed-Sultan Musaev (Rossiya)