Mavsumning boshini o'tkazib yuboradigan futbolchilar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 462
Tobora « Ko'hna qit'a »da yangi mavsum boshlanishiga oz fursat qolmoqda. Jamoalar hozirda so'nggi o'quv yig'in mashg'ulotlarini o'ktazmoqda. Shu jumladan futbolchilar ham mavsum arafasida o'z formasini tiklab olishga harakat qilishmoqda. Baxtga qarshi hamma futbolchilar ham yangi mavsum startida jamoasiga yordam bera olmaydi. Bugun e'tiboringizga mavsum boshidagi uchrashuvlarda jamoasiga yordam bera olmaydigan futbolchilar haqida so'z boradi.
Nabi Keyta
Iyul oyining 25 – sanasida jarohat olgan «Liverpul» futbolchisi qachon safga qaytishi noma'lum bo'lib turigani etmaganidek, uning qay yo'sinda jarohat olgani ham aniqlanganicha yo'q. Shunday bo'lsada, «Liverpul»ga bu katta muammo tug'dirmasligi aniq. Sababi, hozirda Keytaning pozitsiyasida bir nechta futbolchilar harakat qila olishadi.
Ferlan Mendi
«Real Madrid» tomonidan harid qilingan Ferlan Mendi tizza mushaklaridan jarohat oldi va «La Liga»ning ilk turlarini o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Gap shundaki, shifokorlar futbolchi kamida 1 oy mobaynida maydonga tusha olmasligini e'lon qilishdi. Zidan uchun bu yo'qotish o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. «Real Madrid» chap qanot himoyachisi Regilonni ijaraga berib yuborgan bo'lsa, Marsello hali to'liq o'z formasini tiklab olganicha yo'q.
Marko Asensio
Hozirgi kunda «qirollik klubi»ning birinchi raqamli muammolaridan biri bo'lib turgan Marko Asensioga to'xtalib o'tmasak bo'lmaydi. Mavsum oldi o'rtoqlik uchrashuvlarida og'ir jarohat olgan futbolchi 8 oyga safdan chiqqani juda alamli holat. Afsuski, bunday jarohatlardan so'ng top futbolchilarning hammasi ham avvali darajasiga chiqa olmaydi. Umid qilamizki, Asensio hammasini engib o'tadi.
Ryudiger
Sarri qo'l olstida ajoyib o'yinlar ko'rsatgan himoyachi aprel oyida tizasidan olgan jarohati bois jarohlik stoliga yotgan edi. Shifokorlar uning to'liq qachon safga qaytishi borasidagi savollarni ochiq qoldirshmoqda. Futbolchining o'zi qariyb 3 oydan beri futboldan uzoqlashib ketgan va mashg'ulotlar o'tkazmayapti. Agarda Ryudiger sog'aygan taqdirida ham o'z formasini tiklab olish uchun bir necha oy mobaynida tinimsiz shug'ullanishi lozim. Boz ustiga, yangi murabbiyi uning mavsum oldi uchrashuvlarida ko'rib olmagani bois birdaniga ishonmasligi aniq. Shunday ekan, germaniyalik futbolchi yangi mavsumning kattagina qismini o'tkazib yuborishi aniq.
Bernd Leno
«Arsenal» jamoasining asosi darvozaboni may oyidan beri o'z jarohatini to'liq da'volab ulgurgani yo'q. Mavsum oldi o'rtoqlik uchrashuvlarining 4 tasidan faqat bitasida ishtirok etgan darvozabon o'yinda ham to'liq ishtirok eta olmadi. Uni almashtirib yuborishdi. Hozirda jamoani tark etgan Peter Chexdan so'ng Lenoning jarohati Unay Emiri uchun yaxshigina bosh og'rig'i bo'lishi turgan gap.
Ektor Belerin
O'tgan mavsum o'rtasida jarohat olgan futbolchi «Arsenal»ga eng kerakli pallalarda etishmadi desak, adashamagan bo'lamiz. Shifokorlarning aytishicha, ispaniyalik futbolchi 18 – avgust sanasida jarohatidan mutloq qutilishi mumkin. Afsuski, futbolchi o'z formasini tiklab olishi uchun APLning bir nechta turlarini o'tkazib yuborishi mumkin.
Rob Xolding
Yana bir «Arsenal» jamaosi himoyachisi mana 230 kundan buyon jarohatini davolash bilan mashg'ul. Eng qizig'id shundaki, uning qachon safga qaytishi nomalum. Hozirda «Arsenal»ning himoyasida etarlicha muammolar paydo bo'ldi. Jamoa yangi mavsum startida Bert Leno singari kuchli darvozabonsiz ishtirok etishi etmaganidek, qanot himoyachisi Ektor Belerin va markaziy himoyachi Xolding ham jamoasiga yordam ber olmaydi. Bundan tashqari, Loran Kosielni klubini o'zgartirish maqsadida o'quv yig'in mashg'ulotlaridanishtirok etishdan bosh tortdi. Bechora Emiri yangi mavsumda qanday yo'l tutadi? Buni vaqt ko'rsatadi.