Bokschilarimiz Dog'istondagi xalqaro musobaqada ishtirok etishmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 462
Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasining Kaspiysk shahrida Magomed Salam Umaxanov xotira turniri bo'lib o'tmoqda. Unda ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi o'zining muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettiryapti. Bugun musobaqaning navbatdagi kun doirasida bir qator vazn toifalarida bahslar bo'lib o'tadi. Ushbu kun doirasida ringga chiqadigan vakillarimiz ro'yxati quyidagicha:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Migel Antonio Gonsales (Venesuella)
-60 kg: Otabek Xolmatov – Aleksey Kozelyok (Ukraina)
-81 kg: Shohruhbek Rustamov – Sharabutdin Ataev (Rossiya)
Kecha turnirning saralash bosqichi doirasida 7 nafar bokschimiz jang qilib, ularning barchasi muvaffaqiyat qozongan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!