Sardor Rashidov “Qatar SK” safida gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 397
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov kuni kecha “Qatar SK” klubi a'zosiga aylanganidan xabaringiz bor.
Ayni paytda “Qatar SK” Madridda yig'in o'tkazmoqda. Ushbu yig'in 8 avgust kuni yakuniga etadi. Unga qadar esa jamoa bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazadi.
Bugun qatarliklar maxalliy "Internasonal de Madrid" jamoasiga qarshi nazorat o'yini tashkil etishdi. Uchrashuvda "Qatar SK" 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, mazkur o'yinda "Qatar SK" safidagi yagona golga hamyurtimiz mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!