Malkom «Zenit»ga o'tishi kutilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 539
«Barselona» yarim himoyachisi Malkom «Everton»ga rad javobini berdi. U faoliyatini «Zenit»da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatdi.
Sankt-Peterburgliklar unga 6,5 mln evro yillik maosh taklif qilishmoqda. Bu Malkom qiziqish bildirgan jamoalardan tushgan takliflar orasida eng yaxshisi hisoblanadi. Shu bois, 22 yoshli braziliyalik futbolchi Rossiya chempionatiga ko'chib o'tishga tayyor.
"Zenit" esa "Barsa"ga futbolchi uchun 40 million evro to'laydi. Transfer bugun rasmiylashtirilishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!