Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi Rossiyada o'tayotgan musobaqa finaliga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 448

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoalar o'rtasida xalqaro Superkubok musobaqasi bo'lib o'tmoqda. Ushbu musobaqada Jamshid Asadov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashmoqda. Turnir reglamentiga muvofiq unda 2004-2005 yillarda tug'ilgan futbolchilar to'p suradi.
Rossiya, Turkiya, O'zbekiston va Kataloniya terma jamoalari ham ishtirok etaayotgan Xalqaro Superkubok musobaqasida dastlabki uchrashuvlar o'tkazilib, finalchilar aniqlandi. Unga ko'ra, “Galaktika” (0:1), “Atletik” (3:0), “Inter” (1:0), “Tsumada” (4:1) jamoalari bilan bahs olib borgan o'zbekistonlik futbolchilar finalda rossiyalik tengqurlariga qarshi maydonga chiqadigan bo'lishdi. Final uchrashuvi esa bugun o'tkaziladi.

Bosh sahifaga
466