Bugun kurashchi qizlarimizning jahon chempionatidagi ishtiroki boshlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 521

Bolgariyaning Sofiya shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasida jahon chempionati davom etadi.
Bugungi dasturda kurashchi qizlar o'z ishtirokini boshlashadi. Reglamentga ko'ra, ushbu kun doirasida bir qator vazn toifalarida qizlar o'rtasida saralash bahslari va kechagi dasturda medallar uchun kurashish bosqichiga etib borgan erkin kurashchilar bahsi bo'lib o'tadi. Yigitlarimizdan Arslon Rahimov bronza medali uchun kurashish imkonini beruvchi o'tish bellashuvida o'z omadini sinab ko'radi. Batafsil:
Qizlar kurashi:
-43 kg: Munojatxon Samieva – Yana Katsunova (Belarus)
-49 kg: Dilshoda Matnazarova – Dimitra Moucha (Gretsiya)
-57 kg: Shahlo Hidirova – Marya Plazer (Estoniya)
-65 kg: Rushana Abdurasulova – Nika Andelich (Xorvatiya)
Erkin kurash. Bronza medali uchun o'tish bosqichi:
-51 kg: Arslon Rahimov – Ali Kolouxi (Eron)

Bosh sahifaga
470