Skaloni Argentina terma jamoasi boshqaruvida qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 604

Argentina futbol federatsiyasi Lionel Skalonini terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida saqlab qolishga qaror qildi. 41 yoshli mutaxassis Argentina terma jamoasini JCh-2022 saralash bosqichi davomida boshqaradi.
Skaloni o'tgan yilning avgust oyida Argentina terma jamoasini vaqtinchalik boshqaruvchi etib tayinlanib, noyabr oyidan bu lavozimning to'laqonli egasiga aylangan edi.
Uning qo'lostida argentinaliklar Amerika kubogi-2019 musobaqasida bronza medallarini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
383