"Palmeyras" Luiz Adrianoning transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 294
"Spartak" hujumchisi Luis Adriano rasman faoliyatini "Palmeyras"da davom ettiradi, deya xabar beradi Braziliya jamoasi rasmiy sayti.
32 yoshli futbolchi Braziliya klubi bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, Luiz Adriano 2007-yildan 2015-yilgacha Donetskning "Shaxtyor" jamoasida to'p surgan. 2015-yildan 2016-yilgacha u "Milan"da o'ynadi, shundan so'ng "Spartak"ga safiga kelib qo'shildi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda futbolchi RPLda 23 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol va 5 ta gollik uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!