Akademik eshkak eshuvchilarimiz litsenzion jahon chempionatiga Belarusda tayyorgarlik ko'rishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 367
Akademik eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etish uchun Belarusning Brest shahriga etib borishdi.
Vakillarimiz ushbu shaharda 22 avgustga qadar yig'in o'tkazishadi. Ta'kidlash joiz, Brest yig'ini 25 avgustdan 1 sentyabrga qadar Avstriyaning Lints-Ottenxaym shahrida bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga so'nggi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Sportchilarimiz Belarus yig'inidan so'ng to'g'ri jahon chempionatiga yo'l olishadi. Aynan mana shu dunyo birinchiligida sportchilar kelasi yili Tokioda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya o'yinlariga dastlabki yo'llanmalarni qo'lga kiritishlari mumkin bo'ladi. Yig'inga jo'nab ketgan va JChda ishtirok etadigan tarkibimiz quyidagicha:
M4 (qayiq turi): Alisher Turdiev, Sardor To'lqinxo'jaev, O'ktamjon Davronov, Dostonjon Bahriev.
M1x: Shahboz Xolmurzaev
LM1x: Shehroz Hakimov
LM2x: Evgeniy Agofonov, Shahzod Nurmatov