«PSJ» Neymarning narxini pasaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 566

"PSJ" klubi o'z hujumchisi Neymarni sotib yuborishni ko'zlamoqda. Jamoa rahbariyatining fikricha, uning jamoada qolishi foydadan ko'ra ko'proq zarar keltiradi.
Shuning uchun, Sport.es tarqatgan xabarga ko'ra, parijliklar 27 yoshli futbolchining narxini pasaytirishga qaror qilishdi. Endi 180 million evro to'lagan jamoa braziliyalik futbolchini qo'lga kiritadi. Faqat bitta shart bilan: ushbu summa birdaniga to'lanishi kerak, futbolchi almashtirish taklifi qabul qilinmaydi.
Neymarning narxi pasaytirilgan bo'lsa-da, "Barselona"da uni qo'lga kiritish imkoniyati yuqori emas. Boisi, kataloniyaliklar ushbu transferni amalga oshirishsa, moliyaviy halol o'yin qoidasini buzib qo'yishlari mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
347