Ronaldinoga Braziliyani tark etish taqiqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 477

Braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldinoning ahvoli og'irlashishda davom etmoqda.
2015 yilda futbolchi va uning akasi Roberto de Assis Portu-Alegri shahrida qurilish qilib, ekologiyaga zarar etkazgani bois, sud ularni 2,3 million evro miqdorida jarimaga tortgandi. Ammo ular sud qarorini inkor qilib, jarima to'lashdan bosh tortishgan edi. Bu holat ularga nisbatan yangi sanktsiyalar qo'llanilishiga sabab bo'ldi.
Reuters tarqatgan xabarga ko'ra, Braziliya hukumati Ronaldinoga mamlakatni tark etishni taqiqladi. Shuningdek, unga tegishli bo'lgan 57ta ko'chmas mulkni xatlovga oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264