Prevyu. "Nasaf" – "Metallurg"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 429

30 iyul kuni Coca-cola Superligasi 15-turiga start beriladi.
“Nasaf” Coca-cola Superligasi 15-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qiladi.
“Nasaf” – “Metallurg” uchrashuvi 31 iyul chorshanba kuni Qarshi “Markaziy” o'yingohida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.
O'zaro uchrashuvlar tarixidan
Mazkur klublar O'zbekiston chempionatida shu kungacha 43 bor kuch sinashishgan. Natijalar "Nasaf"ning ustunligini ko'rsatmoqda. Bo'lib o'tgan 27 uchrashuvda “Nasaf”, 10 o'yinda esa “Metallurg” g'alabaga erishgan. 10 uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.
To'plar nisbati 73:34 ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.
O'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Metallurg” 7:0, “Metallurg” – “Nasaf” 3:0.
So'nggi o'zaro uchrashuv shu yilning 23 iyun kuni Bekobod shahrida o'tkazilgan. Bu uchrashuv 0:1 hisobida yakunlangan.
Qarshidagi o'zaro bahslarga oid
Ushbu jamoalar shu paytgacha Qarshida 21 bor kuch sinashishgan. 18 uchrashuvda "Nasaf" g'alaba qozongan. 2 uchrashuvda durang qayd etilgan va bir uchrashuvda mehmonlarlar g'alaba qozonishgan. Darvozalarga jami 63ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati 51:12.
E'tiboringizga, Qarshida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.
30.03.2018 Nasaf – Metallurg 1:1
04.11.2017 Nasaf – Metallurg 2:0
30.09.2016 Nasaf – Metallurg 3:0
15.05.2015 Nasaf – Metallurg 0:1
27.04.2014 Nasaf – Metallurg 0:0

Bosh sahifaga
347