"Liverpul" "Bordo" futbolchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 346
"Bordo" hujumchisi Fransua Kamano "Liverpul"ga o'tishi mumkin , deya xabar beradi Calciomercato.
Xabar qilinishicha, ingliz klubi Kamano uchun 15 million evro to'lashga tayyor.
Avvalroq, futbolchiga "Torino" va "Monako" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda Kamano barcha musobaqalarda 51 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol va 4 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Shuningdek, Kamano 2019 yilgi Afrika kubogida 4 ta o'yinda 1 ta gol urishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!