«Barselona» Firpo o'rniga «MYu» himoyachisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 292
“Barselona” “Manchester Yunayted” himoyachisi Matteo Darmianni sotib olmoqchi. Bu haqida ESPN nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, kataloniyaliklar Firpo transferini ijobiy hal etolmagach, bor e'tiborini 29 yoshli futbolchiga qaratdi. “Barselona” Firpo uchun 40 million evro to'lashni istamadi.
Ma'lumot uchun, Darmianning transfer narxi 10 million evroga baholanmoqda. Uning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!