"Paxtakor" Navoiyda mashg'ulot o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 284

Superliga 15-turidagi o'yin uchun Navoiyga etib kelgan "Sherlar" mashg'ulot o'tkazishdi.
Unda ayni paytda murabbiylar ixtiyorida mavjud barcha futbolchilar ishtirok etishdi.
Hozirda faqat Turkiyada tizzasidan operatsiya qilingan Akram Komilov va tiklanish jarayonida bo'lgan Javohir Sidiqov mashg'ulotlarda qatnashmayapti. Qolgan o'yinchilar esa bir soatdan ortiqroq vaqt mobaynida uchrashuv bo'lib o'tadigan stadionda mashqlar bajarishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
285