Afsonaviy Patris Evra futbolchilik faoliyatini yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 298
Afsonaviy "Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Patris Evra butsasini mixga ilishga qaror qildi.
Faoliyati davomida frantsiyalik futbolchi ko'plab klublarda, shu jumladan "Nitstsa", "Monako", "Manchester Yunayted", "Yuventus", "Marsel", "Vest Xem" jamoalarida to'p surishga muvaffaq bo'ldi.
Futbolchi klub darajasida 733 ta uchrshuvda maydonga tushgan, milliy terma jamoada esa 81 uchrashuv o'tkazgan.
Ma'lumot o'rnida, faoliyati davomida Evra barcha uchrashuvlarda 17 ta gol urgan, APLda besh marotaba chempionlikni qo'lga kiritgan, ikki marta Italiyada chempioni bo'lgan.
Shuningdek, u Chempionlar Ligasi, klublar o'rtasidagi Jahon chempionati, Italiya kubogi va superkuboklarida g'olib chiqgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!