AGMK mashg'ulotlarni Qibraydagi stadionda davom ettirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 268
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoamiz "Andijon"ga qarshi o'yinga jiddiy taraddud ko'rmoqda.
Kecha "Metallurg" bilan o'yinda ishtirok etmagan futbolchilar Qibraydagi stadionda to'liq dastur asosida shug'ullanishdi. Bekoboddagi bahsda o'ynagan futbolchilar esa engil mashg'ulotlar, asosan o'yindan keyingi tiklanish mashqlari bilan cheklanishdi. Bugundan esa barcha futbolchilar umumiy guruhda to'liq dastur asosida jismoniy hamda taktik mashg'ulotlarini o'tkazishadi.
Ertaga esa Qibraydagi stadionda o'yinoldi mashg'ulotlar belgilangan. Shu tariqa AGMK jamoasi 31 iyul kuni bo'ladigan "Andijon"ga qarshi bahsga taraddud ko'radi.
Eslatib o'tamiz, Superliganing 15-turi doirasidagi AGMK - "Andijon" bellashuvi 31 iyul kuni Olmaliqdagi OKMK stadionida boshlanadi. Bellashuvni "Sport" kanali jonli efirda ko'rsatmaydi.