Neymar mavsum boshigacha nazorat o'yinlarida qatnashmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 476
"PSJ" hujumchisi Neymar jamoaning Osiyodagi yig'ini davomida umumiy guruhdan alohida shug'ullanmoqda.
L`Equipe tarqatgan xabarga ko'ra, braziliyalik futboli va himoyachi Presnel Kimpembe individual dastur asosida mashg'ulot o'tamoqda. Shu bois, ular 30 iyul kuni bo'ladigan «Sidney»ga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etishmaydi.
Neymar mavsum boshlanishiga qadar umumiy guruhga qaytmasligini taxmin qilinmoqda. «PSJ» Frantsiya chempionatining 1-turida «Nim»ga qarshi maydonga tushadi.
Neymar mavsumlar oralig'ida jamoani tark etishi mumkin. Ammo futbolchi uchun "PSJ" talab qilgan pulni beradigan klub hozircha topilmadi. Futbolchi almashtirish haqidagi taklifga parijliklar rad javobini berishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!