"Kristal Pelas" sobiq futbolchisi o'ziga yangi jamoa topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 434
Mali hujumchisi faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.
Bakari Sako APLdagi 7 yillik faoliyatidan so'ng, Turkiyaning "Denizispor" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Hujumchi o'zining yangi jamoasiga hech qanday tovon pulisiz ko'chib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda 31 yoshli Sako "Vest Bromvich" va "Kristal Pelas" klublarida to'p surdi.
Shuningdek, Sako Chempionshipda 5 ta, APLda 4 ta va Angliya kubogida doirasida 1 ta o'yin o'tkazib 1 ta go'l urishga muvaffaq bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!