Lyakazettning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 378
"Arsenal" hujumchisi kecha bo'lib o'tgan "Emirates" kubogi doirasida "Lion"ga qarshi o'yinda (1: 2) to'pig'idan jarohat oldi.
"Lion" bilan o'yin davomida hujumchi Aleksandr Lyakazett jarohati tufayli maydonni tark etdi, ammo dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, jarohat jiddiy bo'lib chiqmadi, deb xabar beradi Onefootball.com.
Yaqin kunlarda futbolchi umumiy guruhda mashg'ulotlarni davom ettirishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, 28 yoshli Lyakazett 2017 yilning iyulida 53 million evro evaziga "Lion"dan "Arsenal"ga ko'chib o'tgan edi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda frantsiyalik futbolchi London klubi uchun barcha musobaqalarda 49 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol va 13 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!