Rasman! Mehmon Solixo'jaev «Kosonsoy»ga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 680

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2018 yil 16 martdagi “Respublikamizning barcha hududlarida futbolni rivojlantirish to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Namanganning “Kosonsoy” jamoasi tashkil etilgan edi.
Xabaringiz bor, O'zbekiston chempionati 2-ligasida qatnashayotgan “Kosonsoy” jamoasi birinchi davrani 26-ochko bilan peshqadam sifatida yakunladi.
O'z oldiga Pro-Ligaga chiqishni maqsad qilgan “kosonsoylik”lar ayni kunlarda 2-davraga tayyorgarlik olib bormoqda.
Jamoa tarkibi sezilarli darajada kuchaytirilmoqda. Xususan, taniqli murabbiy Mehmon Solixo'jaev jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Avvalgi yillarda “Navbahor” klubida o'ynagan Islom Jo'raev, Abdumalik Abdullaev, Ayubxon Gapparov, Aziz Matkarimov, Sanjar Toshpo'latov, Sohib Abdullaev kabi futbolchilar bilan og'zaki kelishuvga erishildi.
Shuningdek ma'lumotlarga qaraganda, “Kosonsoy” tarkibiga ikki nafar kamerunlik futbolchi kelib qo'shilishi kutilmoqda.

Bosh sahifaga
206