Tez orada "Flamengo" himoyachisini rasman "Milan"ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 416
Leo Duarte faoliyatini Italiyada davom ettiradi.
Globoesport xabariga ko'ra, "Flamengo" himoyachisi Leo Duarte keyingi 48 soat ichida "Milan" futbolchisi sifatida e'lon qilinadi.
Manbaning xabariga ko'ra, "rossoneri"liklar Braziliya klubiga 10 mln evro to'laydi.
Ma'lumot o'rnida, Duarte allaqachon tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Italiyaga uchib ketgan.
Shuningdek, himoyachi yiliga 1,2 mln evro maosh oladi va jamoa bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!