Islom Bahromov xalqaro turnir finalida yaponiyalik raqibiga qarshi kurashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 282
Belarusda yunon-rim kurashi bo'yicha Oleg Karavaev xalqaro xotira turniri davom etmoqda. E'tiborlisi, unda ishtirok etayotgan terma jamoamiz vakillari ham shohsupaga ko'tarildi.
-63 kilogramm vazn toifasida Islomjon Bahromov hal qiluvchi bahsda yaponiyalik Shinobu Ota bilan bahs olib bordi. Afsuski, bellashuv yaponiyalik kurashchining g'alabasi bilan yakunlandi va vakilimiz kumush medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, -82 kilogramm vazn toifasida ikki o'zbekistonlik kurashchi bronza medali uchun gilamga chiqishdi. Bilal Nalgiev hamda Jalgasbay Berdimuratov o'rtasidagi bellashuvda Nalgiev 4:2 hisobida ustun keldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!