Riberi «Liverpul»ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 486
«Bavariya» klubi sobiq futbolchisi Frank Riberi faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda L'Equipe xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp frantsiyalik futbolchini jamoaga taklif qilish haqda o'ylamoqda. Hujum chizig'i vakillaridan biri mersisaydliklar safini tark etsa, germaniyalik mutaxassis 36 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga tayyor.
Riberi 2007-2019 yillar davomida «Bavariya» sharafini himoya qilib, mazkur yozda erkin agentga aylangan edi. U myunxenliklar safida 425ta o'yinda maydonga tushib, 124ta gol urdi va 182ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!