Zagreb Gran-prisida og'ir vaznli dzyudochilarimiz kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 424
Xorvatiya poytaxtida bugun dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqasi o'z yakuniga etadi. Reglamentga ko'ra bugun og'ir vaznli dzyudochilar bahsi bo'lib o'tadi.
Ushbu kun bahslarida terma jamoamiz shafarini besh nafar vakilimiz himoya qiladi. Vakillarimizning dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-90 kg: Doston Meyliev – Tsuven Van (Xitoy) / Joy Jayne (AQSh)
-90 kg: Shahzod Sobirov – Dmitro Berejni (Ukraina)
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Zelim Kotsoiev (Ozarbayjon)
+100 kg: Bekmurod Oltiboev – Xorun Sadikovich (Bosniya va Gertsegovina)
+100 kg: Alisher Yusupov – Vito Dragich (Sloveniya)
Eslatib o'tamiz, musobaqaning birinchi kun bahslarida hamyurtimiz Sharofiddin Lutfillaev -60 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritgan edi.