Kutilmagan burilish - "PSJ" Dembelening transferidan voz kechmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

"PSJ" joriy transfer oynasida "Barselona" vingeri Usmon Dembeleni sotib olishdan bosh tortishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Frantsiya chempioni 26 yoshli futbolchining transferini mavsum boshlanishidan oldin rasmiylashtirmoqchi bo'lgan, ammo kelishuv hali rasman yakunlangani yo'q. Shu sababli parijliklar futbolchini tekinga olish uchun Dembele bilan shartnoma imzolashni kelasi yozgacha qoldirishga qaror qilishdi.
Usmon 2017 yildan buyon "Barselona" futbolchisi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2023/2024 yilgi mavsum oxirida tugaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229