Raqib oyog'ini sindirib yuborgan Marselo jiddiy jazo oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

"Real Madrid"ning sobiq himoyachisi, hozirda Braziliyaning "Fluminense" klubida o'ynayotgan Marselo Libertadores kubogi pley-off bosqichi doirasida "Argentinos Xuniors"ga qarshi o'yinda (1:1) qo'pol qoida buzgani uchun uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilindi.
Ikkinchi bo'lim boshida himoyachi raqibga qarshi qo'pollik ishlatgani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi. Marseloning qo'polligidan so'ng futbolchi jarohat oldi va maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
Diskvalifikatsiya tufayli himoyachi "Olimpiya" bilan chorak final bahsida "Fluminense"ga yordam bera olmaydi.
35 yoshli Marselo Braziliya klubiga 2023 yilning fevralida kelib qo'shilgan edi. Uning shartnomasi kelasi yilning oxirigacha amal qiladi.

Bosh sahifaga
229